Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yuridik shaxslarda bo'lgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ining (bundan buyon ushbu bobda soliq deb yuritiladi) soliq solish ob'yektidir.
Quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob'yekti sifatida hisoblanmaydi:
1) notijorat tashkilotlari tomonidan notijorat faoliyati doirasida foydalaniladigan yerlar;
2) aholi punktlarining, bog'dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko'chalar, tor ko'chalar, yo'llar, shoxobcha yo'llar, sug'orish tarmoqlari, kollektorlar, sohil bo'yi yerlari va boshqa shu kabi umumiy foydalanishdagi yerlar);
3) umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari, shu jumladan pulli avtomobil yo'llari egallagan yerlar;
4) aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlar (daraxtzorlar, istirohat bog'lari, sayilgohlar, xiyobonlar, aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun belgilangan joylar, shuningdek ariq tarmoqlari egallagan yerlar);
5) davlat qo'riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma qo'riqxonalarining, tabiat bog'larining, davlat tabiat yodgorliklarining, buyurtma qo'riqxonalarning (bundan ovchilik xo'jaliklarida tashkil etiladigan buyurtma qo'riqxonalar mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat biosfera rezervatlarining, milliy bog'larning yerlari;
6) sog'lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan, profilaktika hamda davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy shifobaxsh omillarga ega bo'lgan yer uchastkalari;
7) rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar – aholining ommaviy dam olishi va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda tashkilotlarga berilgan yer uchastkalari;
8) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar – tegishli muassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanishga berilgan moddiy madaniy meros ob'yektlari, xotira bog'lari egallagan yer uchastkalari;
9) gidrometeorologiya va gidrogeologiya stantsiyalari hamda postlari egallagan yerlar;
10) yuridik shaxs balansida bo'lgan va fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga molik alohida joylashgan ob'yektlar egallagan yerlar;
11) kommunal-maishiy ahamiyatga molik yerlar (dafn etish joylari, maishiy, qurilish va boshqa chiqindilarni yig'ish, qaytadan ortish va saralash joylari, shuningdek chiqindilarni zararsizlantirish hamda utilizatsiya qilish joylari);
12) ko'p kvartirali uylar va yotoqxonalar egallagan yerlar, shuningdek ko'p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari, bundan yashash uchun mo'ljallanmagan ko'chmas mulk ob'yektlari egallagan yer uchastkalari mustasno;
13) suv fondi;
14) zaxiralar;
15) geologiya-qidiruv va (yoki) izlanish ishlarini o'tkazish uchun ajratilgan yer uchastkalari;
16) «Mahalla servis» kompaniyalari egaligida bo'lgan mahallalarni obod qilish bilan bog'liq ishlarni bajarish hamda mahallalar aholisiga qonunchilikda belgilangan ayrim turdagi ijtimoiy ahamiyatli pulli xizmatlar ko'rsatishga mo'ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari;
17) O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi muassisligida davlat muassasasi shaklida tuzilgan hududiy yaylov xo'jaliklarining doimiy foydalanishdagi yaylov yerlari.
Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilgan yer uchastkalari xo'jalik faoliyatini yuritish uchun foydalanilsa, ular ushbu bobda belgilangan tartibda soliq solish ob'yekti hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
426-modda. Soliq solish ob'yekti
(426-модда иккинчи қисмининг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 августдаги ЎРҚ-1162-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 06.08.2026 й., 03/26/1162/0821-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.