Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo'lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'ini to'lovchilar (bundan buyon ushbu bobda soliq to'lovchilar deb yuritiladi) deb e'tirof etiladi.
Ko'chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to'lovchi deb e'tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko'chmas mulk ob'yektlari bo'yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to'lovchi deb e'tirof etiladi.
Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o'z ulushi uchun soliq to'lovchi deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
425-modda. Soliq to'lovchilar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.