Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning soliq to'lovchilari (bundan buyon ushbu bobda soliq to'lovchilar deb yuritiladi) deb quyidagilar e'tirof etiladi:
1) O'zbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeksning 411-moddasiga muvofiq soliq solish ob'yekti hisoblanuvchi mol-mulkka ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
2) O'zbekiston Respublikasi hududida ko'chmas mulkka ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar.
Agar ko'chmas mulk mulkdorining joylashgan yerini aniqlashning imkoni bo'lmasa, ushbu mulkka egalik qiluvchi va (yoki) undan foydalanuvchi shaxs soliq to'lovchi hisoblanadi.
Agar yuridik shaxs ko'chmas mulkni moliyaviy ijaraga (lizing) olgan bo'lsa, u ham soliq to'lovchi deb e'tirof etiladi, bundan ushbu Kodeksning 480⁶-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
410-modda. Soliq to'lovchilar
(410-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.