Quyidagilar dividendlar deb e'tirof etiladi:
1) yuridik shaxsning foydasini (shu jumladan imtiyozli aktsiyalar bo'yicha foizlar tarzidagi foydasini) ushbu yuridik shaxsning aktsiyadoriga (ishtirokchisiga) tegishli aktsiyalar (ulushlar) bo'yicha taqsimlash chog'ida aktsiyador (ishtirokchi) tomonidan olingan har qanday daromad;
2) tugatish chog'ida yuridik shaxsning aktsiyadoriga (ishtirokchisiga) ushbu aktsiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko'p bo'lgan qismi bo'yicha pul yoki natura shaklidagi to'lovlar;
3) jamiyatdan chiqarilgan yoki chiqib ketgan ishtirokchiga ulushi qismining chiqarilish yoki chiqib ketish sanasidan oldingi oxirgi hisobot davri uchun jamiyatning buxgalteriya hisobotlari ma'lumotlari bo'yicha aniqlanadigan haqiqiy qiymatini ushbu aktsiyadorning (ishtirokchining) shu yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoridan ko'p bo'lmagan qismi bo'yicha to'lash;
4) ushbu yuridik shaxsning o'z kapitali (mol-mulki) hisobiga ustav fondi (ustav kapitali) oshgan taqdirda yuridik shaxs aktsiyadorining (ishtirokchisining) qo'shimcha aktsiyalar qiymati (ulush nominal qiymatining oshishi) tarzida olingan daromadlari.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan daromadlar, basharti ular aktsiyadorlarning (ishtirokchilarning) bunday daromadni to'lovchi yuridik shaxsning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlariga mutanosib ravishda to'lansa, dividendlar deb e'tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olinadigan, chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq dividendlar jumlasiga kiritiladigan har qanday daromadlar ham dividendlar deb e'tirof etiladi.
Ushbu Kodeksning maqsadlari uchun xususiy korxona mulkdoriga, oilaviy korxona ishtirokchisiga yoki fermer xo'jaligi boshlig'iga, shuningdek bank va mikromoliya tashkilotlaridagi islomiy qimmatli qog'ozlarga (sertifikatlarga) ega bo'lgan shaxslarga bunday yuridik shaxslar tasarrufida qolgan foyda summasidan to'lanadigan daromadlar dividendlarga tenglashtiriladi.
Ilgari bildirilgan (belgilangan) har qanday daromad, shu jumladan har qanday turdagi qarz majburiyatlari bo'yicha diskont tarzida olingan daromad (uni rasmiylashtirish usulidan qat'i nazar), islomiy moliya faoliyatidan olingan daromad, shu jumladan pul omonatlari bo'yicha olingan daromad foizlar deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
41-modda. Dividendlar va foizlar
(41-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.