Soliq soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda har oyda hisoblab chiqariladi.
Soliq ish beruvchining va ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning mablag'lari hisobidan to'lanadi.
O'zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari bo'yicha, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar bo'yicha soliqni to'lash majburiyati O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining zimmasiga yuklatiladi.
Soliq hisoboti soliq to'lovchi tomonidan soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi soliq organlariga har oyda hisobot davridan keyingi oyning o'n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo'yicha esa — keyingi yilning 15 fevralidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Soliqni to'lash har oyda, soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
407-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to'lash tartibi
(407-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-812-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 31.12.2022 й., 03/22/812/1145-сон — 2023 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.