Quyidagi yuridik shaxslar O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlaridir:
1) O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari;
2) O'zbekiston Respublikasining soliq solish masalalari bo'yicha xalqaro shartnomalariga muvofiq ushbu xalqaro shartnomalarni qo'llash maqsadlari uchun O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb e'tirof etilgan chet el yuridik shaxslari;
3) haqiqatdagi boshqaruv joyi O'zbekiston Respublikasi bo'lgan chet el yuridik shaxslari, agar O'zbekiston Respublikasining soliq masalalari bo'yicha xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa.
Ushbu moddaning birinchi qismi 3-bandining maqsadlari uchun chet el yuridik shaxsi haqiqatda boshqariladigan joy ushbu Kodeksning 34-moddasi qoidalariga muvofiq belgilanadi.
Investitsiya fondining (pay fondining yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirish boshqa shaklining) boshqaruvchi kompaniyasini O'zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e'tirof etish ushbu investitsiya fondini (pay fondini yoki jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shaklini) O'zbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb e'tirof etish uchun asos bo'lmaydi. Mazkur fondlar (jamoaviy investitsiyalarni amalga oshirishning boshqa shakllari) boshqaruvchi sheriklar yoki boshqa shaxslar tomonidan boshqarilgan taqdirda ham shunday qoidalar qo'llaniladi.
O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo'lmagan yuridik shaxslar O'zbekiston Respublikasining norezidentlari deb e'tirof etiladi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
33-modda. O'zbekiston Respublikasining soliq rezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar. O'zbekiston Respublikasining norezidentlari bo'lgan yuridik shaxslar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.