Soliq kodeksi

329-modda. Xedjirlash operatsiyasi bo'yicha soliq bazasini aniqlashning o'ziga xos xususiyatlari

Ushbu Kodeks 51-moddasining birinchi qismi talablari inobatga olingan holda xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashda daromadlar (xarajatlar) hisobga olinadi, uni hisoblashda xedjirlash ob'yekti bilan bog'liq bo'lgan daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi. Banklar soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada bo'lmagan va asos aktivi chet el valyutasidan iborat bo'lgan, yetkazib beriladigan muddatli bitimga doir operatsiyalar bo'yicha ko'rilgan zararning summasiga kamaytirishga haqli. Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat bo'lgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda, bunday vositalarning shartlarida nazarda tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromadlarni (xarajatlarni) hisobga olish hisobot (soliq) davrining so'nggida amalga oshirilmaydi. Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir tegishli operatsiyalar bo'yicha daromad (xarajat) deb, shu jumladan, foizli stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga muvofiq olinishi (to'lanishi) lozim bo'lgan daromadlar (xarajatlar) e'tirof etiladi. Tegishli shartnomada nazarda tutilgan to'lovlarning sanasi bunday operatsiyalar bo'yicha daromadlarni (xarajatlarni) e'tirof etish sanasidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.