Soliq kodeksi

320-modda. Kursdagi farqlarga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari

(320-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 29 декабрдаги ЎРҚ-741-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2021 й., 03/21/741/1219-сон)

Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkni (bundan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog'ozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkni qo'shimcha baholashda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarning qiymatini pasaytirishda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi ijobiy farq deb e'tirof etiladi. Valyuta qimmatliklari tarzidagi mol-mulkning (bundan chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog'ozlar mustasno) va qiymati chet valyutasida ifodalangan talab qilish tarzidagi mol-mulkning qiymatini pasaytirishda yoki qiymati chet el valyutasida ifodalangan majburiyatlarni qo'shimcha baholashda yuzaga keladigan kursdagi farq ushbu bob maqsadlarida kursdagi salbiy farq deb e'tirof etiladi. Ko'rsatilgan qiymatni qo'shimcha baholash yoki pasaytirish chet el valyutasi rasmiy kursining O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan o'zgarishi yoxud chet el valyutasi (shartli pul birliklari) kursining qonunchilikda yoki taraflarning bitimida belgilangan O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasiga nisbatan o'zgarishi munosabati bilan amalga oshirilgan taqdirda, agar ushbu chet el valyutasida (shartli pul birliklarida) ifodalangan O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasida to'lanishi lozim bo'lgan talablarning (majburiyatlarning) qiymati tegishincha taraflarning qonunchiligida yoki bitimida belgilangan kurs bo'yicha aniqlansa, ushbu modda qoidalari qo'llaniladi. Kursdagi ijobiy farq jami daromad tarkibiga, kursdagi salbiy farq — xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Berilgan (olingan) bo'naklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq soliq solish maqsadlarida hisobga olinmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.