Soliq kodeksi

32-modda. Yuridik shaxslar va ularning alohida bo'linmalari

(32-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Quyidagilar yuridik shaxslardir: 1) O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan yuridik shaxslar (O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari); 2) chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan, fuqarolik huquqiy layoqatiga ega bo'lgan chet el yuridik shaxslari (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalar); 3) xalqaro tashkilotlar. Yuridik shaxsning hududiy jihatdan alohida bo'lgan, turgan yeri bo'yicha doimiy ish joylari jihozlangan har qanday bo'linmasi O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsining alohida bo'linmasidir. Yuridik shaxsning alohida bo'linmasini e'tirof etish, unga qanday vakolatlar berilganligidan va uning tashkil etilishi bo'yicha yuridik shaxsning ta'sis hujjatlarida yoki boshqa tashkiliy-boshqaruv hujjatlarida aks ettirilganligi yoki aks ettirilmaganligidan qat'i nazar, amalga oshiriladi. Agar ish joyi bir oydan ortiq muddatga yaratilgan bo'lsa, u doimiy hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi yuridik shaxsi alohida bo'linmasining joylashgan yeri ushbu yuridik shaxs mazkur alohida bo'linma orqali faoliyat olib boradigan joydir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.