Soliq kodeksi

267-modda. Hisobga olinmaydigan soliq summasi

(267-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан иккинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Tovarlarni (xizmatlarni) olish (olib kirish) chog'ida soliq to'lovchi tomonidan to'langan soliq summasi ushbu Kodeksning 266-moddasiga muvofiq quyidagi hollarda hisobga olinmaydi: 1) realizatsiya qilish bo'yicha aylanmalari ushbu bo'limga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko'rsatish) uchun mo'ljallangan asosiy vositalar, ko'chmas mulk ob'yektlari va nomoddiy aktivlar sotib olinganda (olib kirilganda); 2) tovarlar (xizmatlar) ushbu qismning 1-bandida ko'rsatilgan asosiy vositalarni, ko'chmas mulk ob'yektlarini qurish, modernizatsiyalash, rekonstruktsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va ta'mirlash uchun sotib olinganda; 3) realizatsiya qilish bo'yicha aylanmalari soliqdan ozod etilgan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmatlar ko'rsatish) uchun sotib olinganda; 4) tovarlar (xizmatlar) soliq to'lovchi bo'lmagan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan sotib olinganda; 5) vakillik xarajatlari; 6) tovarlar (xizmatlar) bepul olinganda, bundan oluvchi ular bo'yicha soliq to'lagan hollar mustasno; 7) soliq to'lovchining shaxsiy ehtiyojlari uchun foydalanishga mo'ljallangan, ushbu Kodeksning 317-moddasiga muvofiq foyda solig'ini hisoblab chiqarishda xarajatlar chegirib tashlanmaydigan tovarlar (xizmatlar) sotib olinganda. Yuqori xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar asosida tovarlarni (xizmatlarni) xarid qilgan xaridorlar tomonidan mazkur hisobvaraq-fakturada ko'rsatilgan qo'shilgan qiymat solig'i summasi hisobga olinmaydi, bundan ushbu Kodeksning 266¹-moddasida nazarda tutilgan tartibda soliq summasi to'langan hollar mustasno. Soliq to'lovchi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish chog'ida to'lagan soliq summalari quyidagi tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish yoki olib kirish chog'ida ham, agar bu tovarlarni (xizmatlarni) sotib olish amalga oshirilayotgan faoliyat turiga bog'liq bo'lmasa, hisobga olinmaydi: 1) yengil avtomobillarni, mototsikllarni, vertolyotlarni, motorli qayiqlarni, samolyotlarni, shuningdek motorli vositalarning boshqa turlarini va ular uchun yoqilg'ini; 2) alkogol va tamaki mahsulotlarini. Ushbu Kodeksning 268 — 270-moddalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, hisobga olinmaydigan soliq summasi sotib olingan tovarlarning (xizmatlarning) qiymatida hisobga olinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.