Soliq kodeksi

266¹-modda. Soliq summalarini hisobga olishning ayrim o'ziga xos xususiyatlari

(266¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 25 декабрдаги ЎРҚ-1108-сонли Қонунига асосан учинчи — тўққизинчи қисмлар билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 25.12.2025 й., 03/25/1108/1217-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 январь)

Guvohnomasining amal qilishi to'xtatib turilgan yoki tugatilgan yoxud bekor qilingan soliq to'lovchi tomonidan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha to'langan (to'lanishi lozim bo'lgan) soliq summasi hisobga olinmaydi. Mazkur hodisalar yuzaga kelganda, bunday soliq to'lovchiga undan haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha to'langan (to'lanishi lozim bo'lgan) soliq summasi uning xaridorlarida ham hisobga olinmaydi. Guvohnomaning amal qilishi to'xtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha to'langan (to'lanishi lozim bo'lgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi qayta tiklangan taqdirda, guvohnomaning amal qilishi to'xtatib turilgan sanadan e'tiboran soliq to'lovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi (tuzatiladi). Hisobvaraq-fakturalar soliq xavfining yuqori darajasiga kiritilgan taqdirda, mazkur hisobvaraq-fakturalar asosida tovarlarni yetkazib berish (xizmatlar ko'rsatish) bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha soliq summasini hisobga olish maqsadida soliq soliq agenti tomonidan to'lanishi mumkin. Bunda soliq to'lovchi bo'lgan va soliq to'lovchidan tovarlarni (xizmatlarni) oluvchi yuridik shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor yoki o'zini o'zi band qilgan shaxs soliq agenti deb e'tirof etiladi. Tovarlarni (xizmatlarni) yetkazib beruvchida soliq bo'yicha salbiy farq yoki ortiqcha to'lov summasi hosil bo'lgan taqdirda, bunday summa soliq bo'yicha kelgusi to'lovlar hisobidan hisobga olinishi yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibda qoplanishi (qaytarilishi) mumkin. Tovarlarni yetkazib beruvchilar (xizmatlar ko'rsatuvchilar) tomonidan rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturalarning yuqori xavf darajasiga kirishi ular tomonidan olingan tovarlar (xizmatlar) bo'yicha qo'shilgan qiymat solig'i summasini ushbu bo'limda belgilangan tartibda hisobga olish huquqidan mahrum etmaydi. Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda soliq summalari soliq agentida tegishli soliq summasi byudjetga to'langan soliq davrida hisobga olinadi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Hisobot taqdim etishning oxirgi muddati yetib kelmagan soliq davriga taalluqli hisobvaraq-fakturalar bo'yicha to'lov amalga oshirilgan taqdirda, soliq agentida mazkur hisobvaraq-fakturalar sanasi bo'yicha tegishli soliq davrida hisobga olinadi. Hisobvaraq-fakturalarning xavf darajasini aniqlash, reyestrini yuritish, bunday hisobvaraq-fakturalar asosida soliq to'lash tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Agar xaridor tomonidan past xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar bo'yicha hisobga olingan soliq summalari qalbaki yoki ko'zbo'yamachilik uchun tuzilgan bitim natijasida yuzaga kelganligiga oid dalillar mavjud bo'lsa, soliq organlari ushbu hisobvaraq-fakturalar bo'yicha hisobga olishni bekor qilishga yoki unga tuzatish kiritishga haqli, bundan xaridor tomonidan dastlab yuqori xavf darajasiga kiritilgan hisobvaraq-fakturalar bo'yicha ushbu moddada belgilangan tartibda soliq to'langanligi sababli hisobga olingan soliq summalari mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.