Soliq to'lovchilarning ayrim toifalari uchun O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:
1) aylanmadan olinadigan soliq;
2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;
3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to'lovchilarga soliq solishning alohida tartibi;
4) O'zbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi;
5) islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari.
Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq to'lovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bog'liq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.
Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni to'lashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qo'llashni nazarda tutishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
18-modda. Maxsus soliq rejimlari
(18-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан 5-банд билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.