Soliq monitoringida ishtirok etuvchi yuridik shaxs va soliq organi o'rtasidagi axborotga doir hamkorlik reglament asosida amalga oshiriladi.
Axborotga doir hamkorlik reglamentida soliqlar hamda yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash (ushlab qolish va o'tkazib berish) uchun asos bo'lib xizmat qiluvchi hujjatlarni (axborotni) soliq organiga elektron shaklda taqdim etish tartibi va (yoki) ko'rsatilgan hujjatlar (axborot) mavjud bo'lgan yuridik shaxsning axborot tizimlariga kirish tartibi aks ettiriladi.
Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik tartibini mustaqil ravishda tanlashga haqli.
Yuridik shaxs axborotga doir hamkorlik reglamentida:
1) buxgalteriya (soliq) hisobi registrlarida daromad va xarajatlar, soliq solish ob'yektlarini aks ettirish tartibini;
2) soliq hisobining tahliliy registrlari to'g'risidagi ma'lumotlarni;
3) soliqlar va yig'imlarning to'g'ri hisoblab chiqarilganligi (ushlab qolinganligi), to'liq va o'z vaqtida to'langanligi (o'tkazib berilganligi) ustidan ichki nazorat tizimi to'g'risidagi axborotni ko'rsatadi.
Ichki nazorat tizimi to'g'risidagi axborot bunday tizim mavjud bo'lgan taqdirda taqdim etiladi.
Axborotga doir hamkorlik reglamentining shaklini va unga doir talablarni O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tasdiqlaydi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
170-modda. Axborotga doir hamkorlik reglamenti
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.