O'zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
1) qo'shilgan qiymat solig'i;
2) aktsiz solig'i;
3) foyda solig'i;
4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i;
5) yer qa'ridan foydalanganlik uchun soliq;
5¹) foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig'i;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk solig'i;
8) yer solig'i;
9) ijtimoiy soliq.
O'zbekiston Respublikasi hududida yig'imlar belgilanishi mumkin. Yig'imlarni joriy etish tartibi qonunlarda, yig'imlarni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi ushbu Kodeksda hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
Chet davlatlar avtotransport vositalarining O'zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig'imni, yuk ko'tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo'lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo'llari bo'ylab harakatlanishi huquqi uchun yig'imni, alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig'imlarni, pivo va pivo ichimliklari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imni hamda tamaki mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig'imni hisoblab chiqarish va to'lash tartibi ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to'g'risidagi qonunchilikda belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
17-modda. Soliqlarning va yig'imlarning turlari
(17-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 5 февралдаги ЎРҚ-1117-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2026 й., 03/26/1117/0116-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.