Soliq munosabatlarida soliq to'lovchilar kontragentlarni tanlash chog'ida ularning soliq organlarida soliq to'lovchilar sifatida hisobga qo'yilganligini, kontragentning ishbilarmonlik obro'sini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim bo'yicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishi shart.
Soliq to'lovchi tomonidan uning oldidagi o'z majburiyatlarini bajarmagan shaxslar bilan tuzilgan bitimlar bo'yicha qilingan xarajatlar (ko'rilgan zararlar), agar ushbu soliq to'lovchi bitim tuzayotganda lozim darajada ehtiyotkorlik qilmagan bo'lsa, soliq solish maqsadida tan olinmaydi.
Soliq organlari soliq to'lovchilarga kontragentlarning soliq organlarida soliq to'lovchi sifatida hisobga qo'yilganligi to'g'risidagi axborotdan, shuningdek boshqa axborotdan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatini beradi.
lex.uz’dagi asl matnSoliq kodeksi
15-modda. Lozim darajada ehtiyotkorlik
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.