Soliq kodeksi

149-modda. Guvohning ishtiroki

(149-моддаси учинчи қисмининг учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 20 октябрдаги ЎРҚ-1089-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.10.2025 й., 03/25/1089/0953-сон)

Soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega biror-bir holatlar o'ziga ma'lum bo'lgan har qanday voyaga yetgan jismoniy shaxs ko'rsatmalar berish uchun guvoh sifatida chaqirilishi mumkin. Guvohning ko'rsatmalari bayonnomaga kiritiladi. Guvoh sifatida quyidagi shaxslar jalb etilishi mumkin emas: o'zining jismoniy yoki ruhiy nuqsonlari sababli soliq nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga ega bo'lgan holatlarni to'g'ri idrok etishga qodir bo'lmagan shaxslar; o'z kasbiy majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan soliq nazoratini o'tkazish uchun zarur bo'lgan va ushbu shaxslarning kasbiy siriga taalluqli bo'lgan axborotni olgan shaxslar. Chunonchi, bunday shaxslar jumlasiga — advokat, auditor, soliq maslahatchisi va mediator kiradi. Guvohning ko'rsatmalari, agar u kasalligi, keksaligi, nogironligi tufayli soliq organiga kela olmasa, u turgan joyda olinishi mumkin. Ko'rsatmalar olishdan avval soliq organining mansabdor shaxsi guvohni ko'rsatmalar berishni rad etganlik yoki bundan bosh tortganlik yoxud bila turib yolg'on ko'rsatmalar berganlik uchun javobgarlik to'g'risida ogohlantiradi, bu haqda bayonnomaga guvohning imzosi bilan tasdiqlanadigan belgi kiritiladi. Soliq organiga guvoh sifatida chaqirilgan xodimlar uchun soliq organiga kelganligi sababli ishda bo'lmagan vaqt uchun asosiy ish joyidagi oylik ish haqi saqlanib qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.