Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi shaharsozlik faoliyati yuridik va jismoniy shaxslarning, jamiyat va davlatning, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlariaro hududlarning manfaatlari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Shahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek shaharlarning o'z shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bosh rejalarida belgilanadi.
Shahar atrofi zonalarida sanitariya-himoya va rekreatsiya vazifalarini bajaradigan hududlar ajratiladi. Ushbu hududlarda atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatadigan xo'jalik faoliyati va boshqa xildagi faoliyat taqiqlanadi.
Shahar atrofi zonasi chegaralari doirasida binolarni, inshootlarni hamda ularning majmualarini qurish, rekonstruktsiya qilish va kengaytirish shaharning ijro etuvchi hokimiyat organi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn73-modda. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.