Shaharsozlik kodeksi

72-modda. Shahar atrofi zonalari

Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, xo'jalik hududini tashkil etuvchi, ushbu shahar hududini, shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun zaxira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal, omborxona ob'yektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar ob'yektlarini, jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish uchun, shuningdek qishloq xo'jaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiyena vazifalarini bajarish uchun mo'ljallangan yerlarni o'z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash ushbu Kodeksga hamda yer to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.