Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida quyidagilarni nazarda tutuvchi loyiha yechimlar belgilanadi:
tuman (tumanlar guruhlari) hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni prognozini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari;
hududning zonalashtirilishi va rejali tuzilishi;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar ta'siridan muhofaza qilish chora-tadbirlari;
aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yo'nalishlari;
aholi punktlarini rivojlantirish uchun zaxira hududlar;
yakka tartibdagi uy-joylar qurilishini joylashtirish uchun hududlar, jamoa bog'dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun yer uchastkalari;
aholining dam olish joylarini tashkil etish uchun hududlar;
aholi punktlarining va shaharlar shahar atrofi zonalarining chegaralari;
tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirishga doir boshqa loyiha yechimlari.
lex.uz’dagi asl matn53-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.