Shaharsozlik kodeksi

52-modda. O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari

(52-модданинг иккинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-951-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/951/0673-сон)

O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida: energiya ta'minotini, gaz ta'minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta'minotini va oqova suvlarni chiqarib yuborish tarmoqlarini rivojlantirish; havo, temir yo'l, avtomobil, daryo transportini, quvur orqali yetkazib berish transportini va boshqa transport turlarini rivojlantirish; hududlarni xavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; iqtisodiyot tarmoqlarining ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish; O'zbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning boshqa masalalari bo'yicha asosiy ko'rsatkichlar va rejalashtirish yechimlari belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.