Shaharsozlik kodeksi

35-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazoratining shakllari

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi jamoatchilik nazorati jamoatchilik muhokamasi, jamoatchilik ekspertizasi shakllarida va qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa shakllarda amalga oshiriladi. Jamoatchilik nazoratining natijalari bo'yicha axborotga oid va tavsiyaviy xususiyatga ega bo'lgan takliflarni o'z ichiga olgan yakuniy hujjat tayyorlanadi. Yakuniy hujjatda bayon etilgan axborot, tavsiyalar va takliflar shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi organlari tomonidan majburiy tartibda ko'rib chiqiladi hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.