Shaharsozlik kodeksi

34-modda. Shaharsozlik faoliyatini sug'urta qilish

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag'lari va hukumat kafolati ostidagi kreditlar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob'yektlari bo'yicha qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish amalga oshiriladi. Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, mashinalar, ularning ehtiyot qismlari, materiallar va qurilish maydonidagi hamda sug'urta shartnomasida belgilangan qurilish va montaj predmetidan iborat bo'lgan boshqa mol-mulk, shuningdek qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda uchinchi shaxslarning hayotiga, sog'lig'iga va mol-mulkiga zarar yetkazilganligi uchun sug'urta qildiruvchining javobgarligi sug'urta ob'yektlaridir. Ob'yektlarni davlat kapital qo'yilmalari hisobiga barpo etishda qurilish tavakkalchiliklarini sug'urta qilish qurilish tavakkalchiliklarini majburiy sug'urta qilish xarajatlari ob'yekt qurilishining umumiy qiymatiga kiritilgan holda amalga oshiriladi. Boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladigan qurilish ob'yektlari bo'yicha sug'urta qilish ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.