Shaharsozlik kodeksi

24-modda. Ekspert tashkilotlarining vakolatlari

Ekspert tashkilotlari: qabul qilingan arxitektura-rejalashtirish va shaharsozlik yechimlarining shaharsozlik normalari hamda qoidalariga muvofiqligini tekshiradi; shaharsozlik normalari va qoidalarining majburiy talablariga, shu jumladan energiya jihatidan samarador hamda energiyani tejaydigan texnik, texnologik va innovatsion loyiha yechimlarini qo'llash bo'yicha majburiy talablariga rioya etilishini tekshiradi; ekspertiza natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etadi; bajarilgan loyiha-qidiruv ishlarining sifatiga baho beradi. Ekspert tashkilotlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.