To'lov talabnomasi aktseptini asossiz ravishda butunlay yoki qisman rad etganlik, shuningdek hisob-kitobning boshqa shakllarida tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lashdan bosh tortganlik (bank muassasasiga to'lov topshiriqnomasini taqdim etmaganlik, chek bermaganlik, akkreditivni taqdim etmaganlik va hokazo) uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) mahsulot yetkazib beruvchiga o'zi to'lashni rad etgan yoki bosh tortgan summaning 15 foizi miqdorida jarima to'laydi.
Yetkazib berilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini o'z vaqtida to'lamaganlik uchun sotib oluvchi (buyurtmachi) yetkazib beruvchiga o'tkazib yuborilgan har bir kun uchun kechiktirilgan to'lov summasining 0,4 foizi miqdorida, ammo kechiktirilgan to'lov summasining 50 foizidan ortiq bo'lmagan miqdorida penya to'laydi.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
32-modda. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini to'lamaganlik yoki o'z vaqtida to'lamaganlik uchun javobgarlik
(32-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 14 майдаги ЎРҚ-372-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 20-сон, 222-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.