«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun

31-modda. Tovarlarni tanlab olmaslik yoki uni rad etganlik uchun javobgarlik

Tovarlarni tanlab olmaslik, shuningdek yetkazib beruvchi shartnomada belgilangan muddatda (davrda) ularni yetkazib berganda tovarlarni olishni asossiz ravishda rad etganlik uchun sotib oluvchi yetkazib beruvchiga tanlab olinmagan (o'z muddatida olinmagan) tovarlar qiymatining 5 foizi miqdorida, tez buziladigan tovarlar bo'yicha esa — 10 foiz miqdorida jarima to'laydi. Tovarlar tanlab olinmagan (olish asossiz rad etilgan) hollarda, yetkazib beruvchi jarima undirishdan tashqari, ushbu tovarlar mavjudligining kafolatlarini taqdim etgan holda, tanlab olinmagan (o'z muddatida olinmagan) tovarlar qiymati to'lanishini talab qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.