Xo'jalik shartnomasi bitimlar tuzish uchun nazarda tutilgan yozma shaklda tuziladi. Agar shartnoma tuzish taklifi ushbu Qonunning 12-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilingan bo'lsa, shartnomaning yozma shakliga rioya etilgan deb hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan bitta hujjatni tuzish yo'li bilan, shuningdek pochta, telegraf, taletayp, telefon, elektron aloqa yoki hujjat shartnomadagi tarafdan chiqqanligini ishonchli suratda aniqlash imkonini beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almashish yo'li bilan tuzilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
11-modda. Xo'jalik shartnomasining shakli
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.