Xo'jalik shartnomasi shartnoma predmetini, yetkazib beriladigan tovarning (ishning, xizmatning) miqdori, sifati, assortimenti va bahosini, shartnomaning bajarilish muddatlarini, hisob-kitob qilish tartibini, taraflarning majburiyatlarini, shartnoma majburiyatlari bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda taraflarning javobgarligini, nizolarni hal etish tartibini hamda taraflarning rekvizitlarini, shartnoma tuzilgan sana va joyni, shuningdek bunday turdagi shartnomalar uchun qonunchilikda belgilangan yoki taraflardan birining arizasiga ko'ra o'zaro kelishuvga erishish lozim bo'lgan boshqa muhim shartlarni nazarda tutishi kerak.
Xo'jalik shartnomasida hisob-kitob qilish tartibi belgilanayotganda tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini qonunchilikda belgilanganidan kam bo'lmagan miqdorda oldindan to'lab qo'yish albatta nazarda tutilgan bo'lishi kerak.
Xo'jalik shartnomasini tuzishda taraflar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab chiqilgan hamda huquqiy ekspertizadan belgilangan tartibda o'tkazilganidan so'ng e'lon qilingan o'zlarining namunaviy yoki tipovoy shartlariga (shakllariga) amal qilishlari mumkin.
Kontraktatsiya shartnomasi qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtiruvchi joylashgan yerda tuziladi. Kontraktatsiya shartnomasida boshqa talablar bilan bir qatorda yetkazib berilayotgan qishloq xo'jaligi mahsuloti uchun qonunchilikda nazarda tutilganidan kam bo'lmagan miqdorda avans to'lovlari nazarda tutilgan bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn«Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to'g'risida»gi qonun
10-modda. Xo'jalik shartnomasiga nisbatan qo'yiladigan talablar
(10-модданинг биринчи ва иккинчи қисмлари Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.