«Qurol to'g'risida»gi qonun

8-modda. Jangovar qurol

(8-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 31 майдаги ЎРҚ-772-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.06.2022 й., 03/22/772/0460-сон — 2022 йил 2 сентябрдан кучга киради)

O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Davlat bojxona qo'mitasi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy tuzilmalari (bundan buyon matnda maxsus organlar va harbiy tuzilmalar deb yuritiladi) qurollantirilgan yoki qurollantirishga mo'ljallangan, jangovar harakatlarni olib borish hamda xizmat vazifalarini bajarish uchun mo'ljallangan qurol jangovar qurol jumlasiga kiradi. Jangovar qurolni va uning o'q-dorilarini olish, saqlash va ulardan foydalanish faqat maxsus organlar va harbiy tuzilmalar tomonidan, shuningdek ushbu Qonun 12-moddasining yettinchi qismida nazarda tutilgan, maxsus xizmat vazifalariga ega yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Jangovar qurolning va uning o'q-dorilarining muomalasi tartibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.