«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun

49-modda. Qimmatli qog'ozlar bozorida axborotning maxfiyligi

Qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining mijozlari, ular hisobvaraqlarining holati va o'tkazilgan operatsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek qimmatli qog'ozlarga doir bitimlarning mazmuni (emitent, qimmatli qog'ozlarning turi va xili, soni, bahosi, bitim tuzilgan sana, vaqt, birja savdosi o'tkazilgan hollarda esa savdoda ishtirok etgan shaxslar ham bundan mustasno) maxfiy axborotdir. Maxfiy axborotga ega shaxslar bu axborotdan bitimlar tuzish uchun foydalanishga, shuningdek uni bitimlar tuzish uchun boshqa shaxslarga berishga haqli emas. Maxfiy axborotdan foydalanish imkoniyatiga ega bo'lgan shaxslar bunday axborotni oshkor etganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.