Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi ommaviy axborot vositalari va (yoki) o'zining rasmiy veb-sayti orqali quyidagi axborotni oshkor etishi shart:
qimmatli qog'ozlarning ro'yxatdan o'tkazilgan chiqarilishlari haqidagi hamda chiqarilishi, joylashtirilishi va muomalasi to'xtatib qo'yilgan hamda tiklangan, amalga oshmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan qimmatli qog'ozlar chiqarilishi to'g'risidagi;
qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berilganligi, uning amal qilishi to'xtatib turilganligi yoki tugatilganligi, litsenziya bekor qilinganligi to'g'risidagi;
qimmatli qog'ozlar bozorida huquqbuzarliklarga yo'l qo'yganligi uchun mazkur organ tomonidan javobgarlik choralari qo'llanilgan emitentlar, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari, mansabdor shaxslar hamda ularga nisbatan qo'llanilgan javobgarlik choralarining turlari to'g'risidagi;
o'z da'volari bo'yicha chiqarilgan sud qarorlari to'g'risidagi;
investitsiya maslahatchilarining xabarnomalari reyestri, ularning faoliyati to'xtatib turilganligi yoki tugatilganligi to'g'risidagi;
qimmatli qog'ozlar bozorida qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish, xizmatlar ko'rsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqiga doir malaka guvohnomasi berilganligi to'g'risidagi.
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi investorlarga va qimmatli qog'ozlar egalariga ushbu Qonunga muvofiq axborot taqdim etganlik uchun undan nusxa ko'chirishga sarflanadigan xarajatlar doirasida haq olishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi qonun
48-modda. Axborotning qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli davlat organi tomonidan oshkor qilinishi
(48-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонунига асосан еттинчи хатбоши билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.