Ushbu Qonunga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to'lash Pensiya jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiya jamg'armasini shakllantirish tartibi O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi. Pensiyalarni to'lash uchun Pensiya jamg'armasiga O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan transfertlar ajratilishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, korxonalar va tashkilotlar:
boquvchisini yo'qotganlik uchun, shuningdek xodimning mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog'liq holda mehnatda mayiblanganligi yoki kasb kasalligiga uchraganligi oqibatidagi nogironlik uchun;
xodim ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan pensiya yoshiga to'lguniga qadar mazkur Qonun 12-moddasining «b» bandiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to'lash xarajatlarining o'rnini qoplovchi pulni ish haqi to'lashga mo'ljallangan mablag'lar hisobidan Pensiya jamg'armasiga o'tkazadi.
Pensioner ushbu Qonunning 7-moddasida nazarda tutilgan yoshga to'lguniga qadar ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq tayinlangan pensiyalarni to'lash Pensiya jamg'armasiga ajratiladigan O'zbekiston Respublikasi Bandlikka ko'maklashish davlat jamg'armasi mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
66-modda. Pensiyalar to'lash uchun ajratiladigan mablag'lar
(66-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.