Pensiyalardan chegirmalar:
a) sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari va hukmlari (mulkiy undirishlar borasida), notarial idoralarning ijro varaqalari hamda O'zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq ijrosi sud hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladigan boshqa hal qiluv qarorlari va qarorlar asosida;
b) Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limining qaroriga binoan — pensionerga uning tomonidan qilingan suiiste'molliklar oqibatida (qasddan noto'g'ri hujjatlarni taqdim etish, boquvchisini yo'qotganlik pensiyasi tayinlangan oila a'zolari tarkibidagi o'zgarishlar haqida ma'lumotlar taqdim etmaslik natijasida) yoxud hisoblashdagi yoki boshqa texnik xato oqibatida pensiya miqdoridan ortiqcha pullar to'langan taqdirda qilinishi mumkin.
Tekshirish (o'rganish) o'tkazish boshlangan sanadan avvalgi uch yil va undan ortiq davrda tayinlangan va (yoki) qo'shimcha taqdim etilgan hujjatlarga binoan qayta hisoblangan pensiyalarning tekshirilishiga (o'rganilishiga) hamda ular bo'yicha to'langan ortiqcha summalarning ushlab qolinishiga (undirilishiga) yo'l qo'yilmaydi.
Pensioner Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limining pensiyadan ortiqcha to'langan summalarni ushlab qolish to'g'risidagi qaroridan norozi bo'lgan taqdirda, aniqlangan qarzdorlik sud tartibida undiriladi.
Pensiyalardan yuqorida ko'rsatib o'tilganidan tashqari boshqa hech qanday chegirmalar qilish mumkin emas.
Pensiyadan chegirmalar qilish miqdori pensionerga to'lanishi lozim bo'lgan puldan hisoblab chiqariladi.
Har oylik chegirmalar miqdori pensiyaning 50 foizidan oshishi mumkin emas.
Ortiqcha to'langan pensiya puli bo'yicha qarzdorlik to'liq uzilgunga qadar pensiya to'lash to'xtatilgan hollarda (masalan, mehnat qobiliyati tiklanganligi tufayli) qolgan qarz sud tartibida undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun
65-modda. Pensiyalardan chegirmalar
(65-модда биринчи қисмининг «б» банди Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 19 майдаги ЎРҚ-1066-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 20.05.2025 й., 03/25/1066/0454-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.