«Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida»gi qonun

38-modda. Ish stajiga imtiyozli tarzda qo'shib hisoblanadigan faoliyat davrlari

(38-модданинг «б» кичик банди Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 4 декабрдаги ЎРҚ-379-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2014 й., 49-сон, 579-модда)

Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo'shib hisoblanadi: a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo'shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida; b) 1941 — 1945 yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu moddaning «a» bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari harbiy xizmat — ikki hissa barobarida; v) ushbu Qonun 10-moddasining «a» va «b» bandlariga hamda 11-moddasining «a» bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to'liq yil ikki hissa barobarida; g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida; d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi — bir yarim hissa barobarida; ye) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag'on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo'lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.