«Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish to'g'risida»gi qonun

12-modda. Sug'urta mukofoti

(12-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Sug'urta qildiruvchi sug'urtalovchiga sug'urta mukofotini qonunchilikda belgilangan tartibda to'lashi shart. Sug'urta mukofoti sug'urta tariflari bazaviy stavkalari va koeffitsiyentlarining ko'paytmasi sifatida hisoblab chiqiladi. Transport vositasining egasi o'zgarishi yoki transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanishi yoxud u bundan buyongi foydalanish uchun yaroqsiz holatda ekanligi sababli majburiy sug'urta shartnomasining amal qilishi muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, sug'urta mukofotining bir qismi to'langan sug'urta tovoni summasiga va majburiy sug'urta to'g'risidagi shartnomaning qolgan amal qilish muddati kunlariga mutanosib summada sug'urta qildiruvchiga qaytariladi. Majburiy sug'urta shartnomasining amal qilishi ushbu moddaning ikkinchi qismida ko'rsatilganidan boshqa asoslarga ko'ra muddatidan ilgari tugatilganda, sug'urtalovchi sug'urta mukofotining qaytariladigan qismidan mazkur majburiy sug'urta shartnomasi bo'yicha o'zining isbotlanadigan xarajatlari summasini sug'urta mukofotining 25 foizidan oshmagan miqdorda chegirib qolishi mumkin. Pul mablag'lari sug'urtalovchining (sug'urta agentining) bank hisobvarag'iga kelib tushgan sana sug'urta mukofoti to'langan sana hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.