Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:
ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to'lashdan bo'yin tovlasa;
uzrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa;
ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa;
muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa;
o'z bolalarining hayoti yoki sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
79-modda. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.