Oila kodeksi

78-modda. Ota-onalik huquqini himoya qilish

(78-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)

Ota-ona bolani qonunga asoslanmasdan ushlab turgan har qanday shaxsdan uning qaytarilishini talab qilishga haqli. Nizo chiqqan taqdirda, ota-ona o'z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilishga haqli. Bu talablarni ko'rishda sud bolani ota-onasiga qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid degan xulosaga kelsa, bolaning fikrini hisobga olgan holda ota-onaning da'vosini rad qilishga haqli. Agar sud ota-ona ham, bolani o'z qaramog'iga olgan shaxs ham bolaga lozim darajada tarbiya berishni hamda uni kamolotga yetkazishni ta'minlay olmaydilar, deb topsa, bolani vasiylik va homiylik organi qaramog'iga olib beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.