Oila kodeksi

74-modda. Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo'yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari

Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ularning ota-onasi zimmasiga yuklatiladi. Ota-ona o'z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo'lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Vasiylik va homiylik organi tomonidan ota-ona va bolalar manfaatlari o'rtasida qarama-qarshilik borligi aniqlanganda, ota-ona o'z bolalarining manfaatlarini himoya qilishga haqli emas. Ota-ona va bolalar o'rtasida kelishmovchiliklar mavjud bo'lganda vasiylik va homiylik organi bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.