Oila kodeksi

73-modda. Ota-onaning bolalarga ta'lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari

(73-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona o'z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o'z bolalarining sog'lig'i, jismoniy, ruhiy, ma'naviy va axloqiy kamoloti haqida g'amxo'rlik qilishlari shart. Ota-ona o'z bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega. Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada ta'lim olishini ta'minlashi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.