Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola o'z fikrini erkin ifoda qilishga, shuningdek har qanday sud muhokamasi yoki ma'muriy muhokama jarayonida so'zlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli bo'lgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qat'i nazar, ko'rib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
68-modda. Bolaning o'z fikrini ifoda etish huquqi
(68-модданинг матни Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.