Oila kodeksi

141-modda. Aliment qarzini to'lashdan ozod qilish

Taraflar o'rtasidagi kelishuvga muvofiq aliment qarzini to'lashdan ozod qilish yoki uni kamaytirishga taraflarning o'zaro roziligi bo'lgandagina yo'l qo'yiladi, voyaga yetmagan bolalarga aliment to'lanadigan hollar bundan mustasno. Agar sud aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs kasalligi yoki boshqa uzrli sabablarga ko'ra aliment to'lamaganligini aniqlasa hamda uning moddiy va oilaviy ahvoli yig'ilgan aliment qarzni to'lashga imkon bermaydi deb topsa, aliment to'lovchining da'vosiga binoan uni aliment qarzlarini to'lashdan to'la yoki qisman ozod etishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.