Aliment qarzining miqdori davlat ijrochisi tomonidan sudning hal qiluv qarori yoki aliment to'lash to'g'risidagi notarial tartibda tasdiqlangan kelishuvda belgilangan aliment miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ushbu Kodeksning 99-moddasiga asosan voyaga yetmagan bolalarga to'lanadigan aliment qarzining miqdori aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadi miqdoridan kelib chiqqan holda aliment undirilmagan vaqt uchun hisoblab chiqiladi. Agar aliment to'lashi shart bo'lgan shaxs shu davrda ishlamagan bo'lsa yoki uning ish haqi va (yoki) daromadini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinmagan bo'lsa, aliment qarzi undirilayotgan vaqtda aliment O'zbekiston Respublikasidagi o'rtacha oylik ish haqi miqdori bo'yicha hisoblab chiqiladi. Agar qarzni bunday belgilash taraflardan birining manfaatlariga jiddiy putur yetkazsa, manfaatlariga putur yetkazilgan taraf sudga murojaat qilishga haqlidir. Sud taraflarning moddiy va oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni inobatga olib, qarzning pul bilan to'lanadigan qat'iy summasini belgilashi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
140-modda. Aliment qarzining miqdorini belgilash
(140-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 16 октябрдаги ЎРҚ-448-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 2017 й.)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.