Oila kodeksi

121-modda. Er (xotin)ning aliment olish huquqining tugashi

Er-xotinning bir-biridan ta'minot olish huquqi ushbu Kodeksning 117 va 118-moddalariga muvofiq ta'minot olish uchun asos bo'lgan shartlar tugagan taqdirda, shuningdek nikohdan ajralgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz er yoki xotin yangi nikohga kirganda tugaydi. Bunday hollarda, agar ta'minot uchun mablag' sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilgan bo'lsa, uni to'lashi shart bo'lgan er (xotin) bundan buyon aliment to'lashdan ozod etish haqidagi talab bilan sudga murojaat qilishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.