Sud quyidagi hollarda:
agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo'lgan bo'lsa;
agar o'z ta'minoti uchun mablag' to'lanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo'lsa;
agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo'lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiiste'mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo'lsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz xotin (er)ga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo'yishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnOila kodeksi
120-modda. Er va xotinni bir-birlariga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.