«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

39-modda. Nogironligi bo'lgan bolalarning maktabgacha ta'limi

Nogironligi bo'lgan bolalarning maktabgacha ta'limi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amalga oshiriladi. Maktabgacha yoshdagi nogironligi bo'lgan bolalarga nisbatan zarur reabilitatsiya va abilitatsiya qilish choralari amalga oshiriladi hamda ularning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo'lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi. Sog'lig'ining holati maktabgacha ta'lim muassasalarida bo'lishni vaqtincha istisno etadigan nogironligi bo'lgan bolalar uchun ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etiladi. Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ilg'or uslubiyotlarni o'z ichiga oladigan maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat ta'lim dasturini amalga oshirish ta'minlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.