«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

35-modda. Nogironligi bo'lgan shaxslarning sog'lig'ini saqlash

Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarning sog'liqni saqlash xizmatlaridan, sifatli va nogironligi bo'lgan shaxslarning ehtiyojlarini hisobga oluvchi tibbiy yordamdan boshqa fuqarolar bilan teng ravishda foydalanish huquqi amalga oshirilishini ta'minlash uchun zarur choralar ko'radi. Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarga, fuqarolarga bepul tibbiy yordam ko'rsatishning davlat kafolatlari dasturi doirasida amalga oshiriladigan malakali tibbiy yordam ko'rsatilishi bo'yicha choralar ko'radi. Nogironligi bo'lgan shaxslarni tibbiy parvarish qilish barcha darajalardagi mavjud tibbiy xizmatlar doirasida, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladi. Zo'rayib boruvchi shakldagi yoki yakuniy bosqichdagi bedavo kasalliklarga chalingan shaxslar bemorlarning jismoniy, ruhiy, hissiy va ma'naviy ehtiyojlarini qanoatlantirishni nazarda tutuvchi palliativ tibbiy parvarishlash xizmatlari ko'rsatilishi huquqiga ega bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.