«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

34-modda. Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari

(34-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 17 декабрдаги ЎРҚ-1102-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.12.2025 й., 03/25/1102/1173-сон)

Davlat zamonaviy protez-ortopediya moslamalarini va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini yaratish hamda ishlab chiqarishni tashkil etish maqsadida reabilitatsiya qilish industriyasini rivojlantirishga ko'maklashadi. Protez-ortopediya moslamalarining va reabilitatsiya qilish texnik vositalarining ro'yxati, bunday vositalar bilan ta'minlash tartibi, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash uchun tibbiy ko'rsatmalar va qarshi ko'rsatmalar ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Nogironligi bo'lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlash bo'yicha xarajatlarga doir majburiyatlarni moliyalashtirish, shu jumladan ularni tayyorlash va ta'mirlash O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslarning protez-ortopediya moslamalari va ularni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari uchun ushbu moddada nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirishga doir qo'shimcha mablag'lar qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan ham olinishi mumkin. Hisobot davri yakunlari bo'yicha qaysi tadbirkorlik sub'yektining tushumi umumiy hajmining kamida o'ttiz foizi nogironligi bo'lgan shaxslar uchun protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini ishlab chiqarishdan yoki ularga ortopedik protezlash xizmatlari ko'rsatishdan yoxud protez-ortopediya moslamalarini va anjomlarini ta'mirlash hamda xizmat ko'rsatishdan kelib tushgan bo'lsa, o'sha tadbirkorlik sub'yekti quyidagi huquqlarga ega: o'zi kiritgan takliflar tanlov savdolari boshqa ishtirokchilarining takliflari bilan teng bo'lgan taqdirda xaridor tomonidan investitsiya majburiyatlarini va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki ob'yektlarini realizatsiya qilish yuzasidan o'tkazilgan tanlov savdolari natijalariga ko'ra kontrakt tuzishga doir ustunlik; davlat mulki ob'yekti uchun mazkur ob'yektning ijara haqi stavkasi eng kam miqdorining ellik foizi miqdorida ijara haqi to'lash.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.