Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar nogironligi bo'lgan shaxslarning, shu jumladan o'rindiqli aravachalardan hamda yetaklovchi itlardan foydalanuvchi shaxslarning barcha ijtimoiy infratuzilma ob'yektlariga (turar joylarga, jamoat va ishlab chiqarish binolariga, imoratlar va inshootlarga, sog'liqni saqlash va sport ob'yektlariga, madaniy-tomosha muassasalariga hamda boshqa muassasalarga) moneliksiz kirishi uchun shart-sharoitlar yaratishi hamda ijtimoiy infratuzilma ob'yektlarini oqilona moslashtirish bo'yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, jamoat binolari hamda inshootlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilish nogironligi bo'lgan shaxslarning ehtiyojlari inobatga olingan holda amalga oshirilishi kerak.
Jamoat binolari hamda inshootlarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilish chog'ida nogironligi bo'lgan shaxslar foydalanishi uchun avtotransport saqlash joylarini maqbul miqdorda hamda o'lchamda barpo etish bo'yicha choralar nazarda tutilishi kerak.
Uy-joylar va ijtimoiy infratuzilma ob'yektlarida liftlarni sotib olish hamda o'rnatish chog'ida, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'i nazar, tegishli tashkilotlar liftlarning nogironligi bo'lgan shaxslarning barcha toifalari uchun qulay bo'lishini va ulardan foydalanish imkoniyatini ta'minlashi shart.
Ijtimoiy-maishiy va madaniy maqsadlarga mo'ljallangan qurilish ob'yektlarini hamda rekonstruktsiya qilinayotgan ob'yektlarni foydalanishga qabul qilish nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari vakillari davlat qabul komissiyasi tarkibiga kiritilgan holda amalga oshiriladi.
Nogironligi bo'lgan shaxslarning ob'yektlar va xizmatlardan foydalanishi uchun shart-sharoitlar yaratish qurilish loyihalarining majburiy qismidir. Binolarni, inshootlarni va ularning majmualarini qurish hamda rekonstruktsiya qilishga doir normalar va qoidalar nogironligi bo'lgan shaxslarning jamoat birlashmalari fikr-mulohazalarini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun
23-modda. Ijtimoiy infratuzilma ob'yektlarini nogironligi bo'lgan shaxslarning ehtiyojlariga rioya etgan holda loyihalashtirish, qurish va rekonstruktsiya qilish
(23-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.