«Nogironligi bo'lgan shaxslarning huquqlari to'g'risida»gi qonun

22-modda. Uy-joyga bo'lgan huquq

(22-модданинг олтинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarga uy-joy qurilishi bo'yicha davlat dasturlaridan va maxsus dasturlardan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi. Davlat nogironligi bo'lgan shaxslarga va o'z tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilalarga uy-joyni qulay narxlar bo'yicha olish uchun zarur shart-sharoitlar hamda imkoniyatlarni ta'minlaydi. Uy-joyga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj nogironligi bo'lgan shaxslarni hisobga olish mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan uy-joy olishga yoki uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo'lgan fuqarolarni hisobga olish ro'yxatlarini shakllantirish chog'ida nogironligi bo'lgan shaxslar va o'z tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilalar alohida ro'yxatga kiritiladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar uy-joy qurilishi bo'yicha davlat dasturlari va maxsus dasturlar doirasida imtiyozli shartlar asosida uy-joy va imtiyozli ipoteka krediti olish huquqiga ega. Nogironligi bo'lgan shaxslarning va o'z tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auktsionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan bog'liq xarajatlarining o'rni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanadi. Nogironligi bo'lgan shaxslarga uy-joyni taqsimlashda imkoniyatga qarab, ob'yektlar va xizmatlarning qulayligi printsipiga rioya etilgan holda, ish joyiga, tibbiyot va reabilitatsiya muassasalariga yaqin bo'lgan uy-joy beriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslarga davlat uy-joy fondining ko'p kvartirali uylaridagi turar joylar ularning xohishiga ko'ra pastki qavatlardan berilishi mumkin. Yuqori qavatlardagi kvartiralarga ega bo'lgan nogironligi bo'lgan shaxslar bo'sh turar joylar mavjud bo'lgan taqdirda ularni pastki qavatlarda joylashgan turar joylarga almashtirishga haqli. Nogironligi bo'lgan shaxslarga yoki o'z tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oilalarga beriladigan turar joylar ob'yektlar va xizmatlarning qulayligi printsipiga muvofiq bo'lishi kerak. Nogironligi bo'lgan shaxslar egallab turgan turar joylar nogironligi bo'lgan shaxslarning erkin harakatlanishi va foydalanishi uchun maxsus vositalar hamda moslamalar bilan jihozlangan bo'lishi kerak. Mazkur turar joylarni jihozlash mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironligi bo'lgan shaxslar imtiyozli shartlar asosida ijtimoiy uy-joy olish huquqiga ega.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.