Nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlari quyidagilardan iborat:
muassislar (a'zolar) tomonidan tasdiqlangan ustav;
qatnashchilar tomonidan tuzilgan ta'sis shartnomasi va ular tasdiqlagan ustav — uyushma (ittifoq) uchun.
Nodavlat notijorat tashkiloti ta'sis hujjatlarining talablari nodavlat notijorat tashkilotining o'zi uchun, uning muassislari va qatnashchilari (a'zolari) uchun majburiydir.
Ta'sis shartnomasida taraflar (muassislar) nodavlat notijorat tashkilotlari uyushmasini (ittifoqini) tuzish majburiyatini oladilar, uni tuzish sohasida birgalikda faoliyat ko'rsatish tartibini, unga o'z mol-mulkini berish hamda uning faoliyatida ishtirok etish, nodavlat notijorat tashkiloti faoliyatini boshqarish, muassislarning uning tarkibidan chiqish shartlarini belgilab beradilar. Ta'sis shartnomasiga muassislarning kelishuviga binoan boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
16-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining ta'sis hujjatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.