Nodavlat notijorat tashkiloti uning muassislari (a'zolari) qarori asosida qonunchilikka muvofiq tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining uyushmalari (ittifoqlari) kamida ikkita nodavlat notijorat tashkiloti tashabbusi bilan tuzilishi mumkin.
Nodavlat notijorat tashkilotining tashabbuskorlari yoki muassislari ta'sis s'yezdini (konferentsiyasini) yoki umumiy yig'ilishni chaqiradilar, unda ustav qabul qilinadi hamda rahbar organlari tuziladi.
Nodavlat notijorat tashkiloti davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan e'tiboran tuzilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Nodavlat notijorat tashkilotlari to'g'risida»gi qonun
15-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish
(15-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.